Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#O‘zbekiston

Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston kimlar tarafida ekanini aytdi

24-sen, 11:10
Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston kimlar tarafida ekanini aytdi

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasidagi nutqida mamlakat geosiyosiy keskinlik sharoitida qanday yo‘lni tanlaganini tushuntirdi. Uning aytishicha, O‘zbekistonning tanlovi — inson qadri, ochiqlik va muloqot.

«Biz mamlakatlar oldiga “qaysi tarafni tanlaysiz?” degan savol qo‘yilayotganini ko‘ryapmiz. O‘zbekistonning javobi aniq. Bizning tanlovimiz — inson qadri. Biz ta’lim olishga, kasb egallashga va o‘z kelajagini o‘zi belgilashga intilayotgan yoshlarni tanlaymiz», — dedi Mirziyoyeva.

Uning ta’kidlashicha, mamlakat qudrati faqat harbiy yoki iqtisodiy salohiyat bilan emas, inson qadri, huquq va manfaatlarini qay darajada himoya qila olishi bilan ham belgilanadi. Shu sabab O‘zbekiston tinchlik, taraqqiyot va inson qadrini yagona vazifa sifatida ko‘radi.

Mirziyoyeva dunyoda urushlar davom etayotgani, geosiyosiy keskinlik va tengsizlik kuchayayotganiga e’tibor qaratdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi O‘zbekiston ochiqlikni, qo‘shnilar bilan yaxshi munosabatlarni va dunyo bilan muloqotni tanlagan. U tinchlikka intilishni kelajak uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish deb atadi.

Nutqda BMT faoliyatiga ham to‘xtalindi. Mirziyoyeva global muammolarni hech bir davlat yolg‘iz hal qila olmasligini aytib, qabul qilingan qarorlarni amalga oshirishga qodir va har bir mamlakatning ovozi eshitiladigan tashkilot zarurligini bildirdi. O‘zbekiston Bosh kotibning «BMT-80» tashabbusini hamda Xavfsizlik Kengashi tarkibini kengaytirishni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

Uning aytishicha, O‘zbekiston kelgusi yilda Qo‘shilmaslik harakatiga raislik qiladi va bundan muloqot uchun yangi maydonlar yaratishda foydalanmoqchi. Shuningdek, mamlakat 2035–2036-yillarda BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy bo‘lmagan a’zosi bo‘lish uchun o‘z nomzodini ilgari surgan.

Mirziyoyeva Markaziy Osiyoda qo‘shni davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar o‘zgarganini qayd etib, Afg‘oniston xalqini o‘z muammolari bilan yolg‘iz qoldirmaslikka chaqirdi. U O‘zbekistondagi islohotlar natijasini odamlar hayotidagi o‘zgarishlar bilan baholashini aytdi.

Nutqning boshqa qismlarida bolalar farovonligi, Orol dengizi hududidagi ekologik ishlar, suvni tejash, qayta tiklanuvchi energiya va sun’iy intellekt masalalari tilga olindi. Mirziyoyeva texnologik taraqqiyot inson huquqlari, xavfsizlik va teng imkoniyatlarga xizmat qilishi kerakligini ta’kidladi. U, shuningdek, ayollar huquqlari, oiladagi zo‘ravonlik uchun javobgarlik va madaniyatlararo muloqot haqida gapirdi.

«O‘zbekiston xalqi va Prezidenti tinchlik, ishonch va inson qadri ustuvor bo‘lgan dunyoni qurishga hissa qo‘shishga tayyor», — deya yakunladi u nutqini.

  • #Saida Mirziyoyeva
  • #BMT
  • #81-sessiya
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Telegram kanalimizga obuna boʻling

Shuningdek oʻqing

#O‘zbekiston

Farğonada 105 nafar boğça bolasini zaharlagan keytering korxonasi rahbari va texnologi qamaldi

7-noy, 17:36
#O‘zbekiston

O‘zbekistonda ekstremistik ruhdagi 49 mingta sayt va kanal aniqlandi

7-noy, 17:31
#O‘zbekiston

Samolyotda janjal kötarib, sumkasini trapdan uloqtirgan rossiyalik Toşkentda qamaldi

7-noy, 16:09
#Jamiyat

IIBB qotillik va ölim sahnasi aks etgan video olib, uni tarqatgan blogerga nisbatan tekşiruv boşladi

7-noy, 11:22
#Jamiyat

“Radikallaşuv – murakkab ijtimoiy jarayon” – DXX raisi Bahodir Qurbonov

7-noy, 10:58
#Jamiyat

Qişda gaz va kömirni talon-toroj qilganlar şafqatsiz jazolanadi: IIV ta’minot ustidan nazoratni öz qöliga oldi

6-noy, 18:40

Kun tanlovi

#O‘zbekiston

Farğonada 105 nafar boğça bolasini zaharlagan keytering korxonasi rahbari va texnologi qamaldi

Farğona viloyatida 100 dan ortiq boğça tarbiyalanuvçilarining ommaviy zaharlanişiga sabab bölgan “Garden Catering Trade” MÇJ rahbarlari va texnologiga nisbatan tayinlangan avvalgi yengil jazo kassatsiya instansiyasi tomonidan bekor qilinib, ularga keskinroq – ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinlandi.

7-noy, 17:36
#O‘zbekiston

O‘zbekistonda ekstremistik ruhdagi 49 mingta sayt va kanal aniqlandi

7-noy, 17:31
#O‘zbekiston

Samolyotda janjal kötarib, sumkasini trapdan uloqtirgan rossiyalik Toşkentda qamaldi

7-noy, 16:09

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#O‘zbekiston

Farğonada 105 nafar boğça bolasini zaharlagan keytering korxonasi rahbari va texnologi qamaldi

7-noy, 17:36
#O‘zbekiston

O‘zbekistonda ekstremistik ruhdagi 49 mingta sayt va kanal aniqlandi

7-noy, 17:31
#O‘zbekiston

Samolyotda janjal kötarib, sumkasini trapdan uloqtirgan rossiyalik Toşkentda qamaldi

7-noy, 16:09
#Jamiyat

IIBB qotillik va ölim sahnasi aks etgan video olib, uni tarqatgan blogerga nisbatan tekşiruv boşladi

7-noy, 11:22
#Jamiyat

“Radikallaşuv – murakkab ijtimoiy jarayon” – DXX raisi Bahodir Qurbonov

7-noy, 10:58
#Jamiyat

Qişda gaz va kömirni talon-toroj qilganlar şafqatsiz jazolanadi: IIV ta’minot ustidan nazoratni öz qöliga oldi

6-noy, 18:40
Yana koʻrsatish