O‘zbekistonda aholining ovqatlanishi va yashashi uchun sarflangan xarajat 173 trillion so‘mdan oshib ketdi

Milliy statistika qo‘mitasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14,4 foizga ko‘paygan.
Sohadagi eng yuqori moliyaviy aylanma kutilganidek poytaxt Toshkent shahriga to‘g‘ri kelib, 29,8 trillion so‘mni tashkil qildi. Undan keyingi yetakchi o‘rinlarni 20,5 trillion so‘m ko‘rsatkich bilan Samarqand hamda 18,2 trillion so‘m bilan Namangan viloyatlari egallab turibdi.
Shuningdek, Farg‘ona viloyatida 16,8 trillion, Qashqadaryoda 15 trillion hamda Toshkent viloyatida 12,6 trillion so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan. Andijon (11,5 trln), Xorazm (9,6 trln), Qoraqalpog‘iston (9,1 trln) va Buxoroda (8,8 trln) ham barqaror ko‘rsatkichlar qayd etildi.
Mamlakat hududlari orasida eng kam ko‘rsatkichlar Surxondaryo (7,3 trln), Navoiy (5,6 trln), Jizzax (5 trln) hamda Sirdaryo viloyatida (3,4 trln so‘m) kuzatildi. Umumiy raqamlar aholining umumiy ovqatlanish hamda mehmonxona xizmatlariga bo‘lgan talabi sezilarli oshganini ko‘rsatmoqda.








