O‘zbekiston BMT Bosh kotibligi uchun BAAdan ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatladi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi BMTning yangi Bosh kotibini tayinlash jarayoni global chaqiriqlar kuchayib borayotgan sharoitda tashkilot nufuzini mustahkamlash va faoliyati samaradorligini oshirishda alohida ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Birlashgan Arab Amirliklarining davlat vaziri hamda BMT huzuridagi sobiq doimiy vakili Lana Zaki Nusaybani BMT Bosh kotibi lavozimiga nomzod sifatida ilgari surish qarorini olqishladi.
BMTning yangi Boş kotibi yuksak kasbiy mahorat, boy diplomatik tajriba va xalqaro tinçlik hamda xavfsizlikni saqlaş, şuningdek, barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişiş yölida aʼzo davlatlarning saʼy-harakatlarini birlaştiriş qobiliyatiga ega bölişi lozim, deb hisoblaymiz, deyilgan TIV bayonotida.
BMT Bosh kotibligiga nomzod Lana Nusayba kim?
Lana Nusaybaning oilasi asli qudduslik bo‘lib, ular asrlar davomida Quddusdagi Muqaddas Qabr ibodatxonasi (Church of the Holy Sepulchre) kalitlarini saqlab keluvchi ikki mashhur oiladan biridir. U Buyuk Britaniyadagi Kembrij universitetida bakalavr, SOAS institutida esa Isroil va yahudiylikshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha magistr darajasini olgan.
U BAA davlat xizmatida 2006-yildan beri faoliyat yuritadi. 2013-yildan boshlab 10 yildan ortiq vaqt davomida BAAning BMTdagi doimiy vakili (elchisi) bo‘lib ishlagan. Uning rahbarligida BAA 1986-yildan buyon ilk bor BMT Xavfsizlik Kengashiga muvaqqat a’zo (2022–2023) etib saylangan. Keyinchalik u BAA tashqi ishlar bo‘yicha davlat vaziri lavozimiga tayinlangan.
Lana Nusayba BAA va Isroil o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirgan “Ibrohim kelishuvlari” (Abraham Accords) tashabbusini faol qo‘llab-quvvatlagan. Shuningdek, u G‘azo sektoridagi urush davrida hududga insonparvarlik yordamlarini yetkazib berish uchun chegaralarni ochishni ko‘zda tutuvchi BMT Xavfsizlik Kengashining 2720-sonli rezolyutsiyasi qabul qilinishida muhim rol o‘ynagan.
Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi ham Lana Zaki Nusayba nomzodini rasman qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.








