Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#Jamiyat

Milliy kutubxona ortidagi hudud va Chilonzordagi yerlar auksion orqali parkovka hamda xiyobonga aylantiriladi. Jamoatchilik bundan norozi

23-sen, 11:52
Milliy kutubxona ortidagi hudud va Chilonzordagi yerlar auksion orqali parkovka hamda xiyobonga aylantiriladi. Jamoatchilik bundan norozi

Yunusobod tumanining “Qashqar” mahallasida – Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonaning ortida joylashgan 13 ming kvadrat metrlik hudud “E-auksion” platformasi orqali 514,2 million so‘mlik boshlang‘ich narxda savdoga chiqariladi. G‘olib investor ushbu hududga 3 oy ichida kamida 10 milliard so‘m sarmoya kiritib, xiyobon, avtoturargoh, sport va bolalar maydonchalari, velosiped yo‘lakchalari hamda zamonaviy yemakxona barpo etishi shart. Loyiha doirasida kapital binolar qurish taqiqlanadi hamda hududda harakatlanish uchun kamida ikkita ekologik baggi (golf-kar) xarid qilinadi.

Shuningdek, Chilonzor tumanidagi “Katta Do‘mbirobod” hamda “Beshqo‘rg‘on” mahallalarida joylashgan yer maydonlari ham avtoturargohlar tashkil etish uchun 932,8 million so‘mlik boshlang‘ich qiymatda yagona lot sifatida auksionga qo‘yiladi. Ushbu obyektnikiga esa 3 oy ichida kamida 5 milliard so‘m investitsiya kiritilishi va kamida 10 ta yangi ish o‘rni yaratilishi belgilangan. Har ikkala loyiha bo‘yicha DXSh bitimlari 10 yil muddatga tuzilib, barcha obyektlarda aqlli to‘lov va videokuzatuv tizimlari joriy etiladi.

Loyiha shartlariga muvofiq, xususiy sheriklar tushgan daromadning 10 foizini davlat sherigi hisoblangan “Toshkent Invest kompaniyasi” AJga, 5 foizini esa “Pullik to‘xtash joyi” AAT operatoriga o‘tkazib berishi lozim. Bundan tashqari, Milliy kutubxona ortidagi hudud davlat tadbirlari va bayramlar o‘tkazilishi uchun yiliga ko‘pi bilan 60 kungacha bo‘shatib berilishi va investor o‘z hisobidan zaruriy sahna hamda bayram jihozlarini o‘rnatib berishi ko‘zda tutilgan.

Mazkur qarorga munosabat bildirar ekan, yozuvchi Javlon Jovliyev bu tashabbusga mutlaqo qarshi ekanini yozib chiqdi va bunga bosh bo‘layotganlarni keskin tanqid ostiga oldi.

“Milliy kutubxona oldidagi yashil maydonning buzilishiga qarshiman va qat’iy norozilik bildiraman! Toshkentday ekologiyasi og‘ir shaharda bunday jirkanch ishni qilish uchun kelajakka ham, bugunga ham shunchaki tupurib qo‘ygan nusxa bo‘lish kerak. Toshkentda barmoq bilan sanarli qolgan bunday yashil maydonlarning yo‘qolishiga befarq bo‘lmaylik!”, deydi u.

Yana bir ijodkor Shahobiddin Luqmon ham hokim qaroriga norozilik aksiyasini davom ettirgan.

“Milliy kutubxona oldidagi yashil hudud buzilishiga mutlaqo #qarshiman. Toshkent shahri hokimligi qarorni bekor qilishi kerak”, deb yozgan Shahobiddin Luqmon.

Hozircha hokimlik tarafidan rasmiy munosabat berilganicha yo‘q.

  • #Yunusobod
  • #avtoturargohlar
  • #xiyobon
  • #Milliy kutubxona
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Telegram kanalimizga obuna boʻling

Shuningdek oʻqing

#O‘zbekiston

Farğonada 105 nafar boğça bolasini zaharlagan keytering korxonasi rahbari va texnologi qamaldi

7-noy, 17:36
#O‘zbekiston

O‘zbekistonda ekstremistik ruhdagi 49 mingta sayt va kanal aniqlandi

7-noy, 17:31
#O‘zbekiston

Samolyotda janjal kötarib, sumkasini trapdan uloqtirgan rossiyalik Toşkentda qamaldi

7-noy, 16:09
#Jamiyat

IIBB qotillik va ölim sahnasi aks etgan video olib, uni tarqatgan blogerga nisbatan tekşiruv boşladi

7-noy, 11:22
#Jamiyat

“Radikallaşuv – murakkab ijtimoiy jarayon” – DXX raisi Bahodir Qurbonov

7-noy, 10:58
#Jamiyat

Qişda gaz va kömirni talon-toroj qilganlar şafqatsiz jazolanadi: IIV ta’minot ustidan nazoratni öz qöliga oldi

6-noy, 18:40

Kun tanlovi

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish

Yana koʻrsatish