Ukrainadagi urushda Rossiya tomonida 8 mingdan ortiq o‘zbekistonlik qatnashmoqda

Bu ko‘rsatkich Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida eng yuqori natija hisoblanadi.
Loyiha tomonidan 2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra Rossiya armiyasi safiga jalb etilgan 20 437 nafar Markaziy Osiyo fuqarosining shaxsi aniqlangan. Ro‘yxatda O‘zbekistondan keyingi o‘rinlarni Tojikiston (5 308 kishi), Qozog‘iston (3 819 kishi), Qirg‘iziston (2 219 kishi) va Turkmaniston (884 kishi) egallagan.
Ukraina harbiy asirlar bilan muomala qilish Muvofiqlashtiruvchi shtabi bazasida Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzgan 151 davlatdan kelgan 45 959 nafar xorijlik qayd etilgan. Markaziy Osiyo mintaqasi vakillari ushbu umumiy ro‘yxatning qariyb 44 foizini tashkil qilmoqda.
Tahlillarga ko‘ra, 2025-yilda Rossiya armiyasi bilan shartnoma imzolagan Markaziy Osiyo fuqarolari soni 2024-yilgiga nisbatan ikki baravardan ko‘proqqa oshgan. Ta’kidlanishicha, ushbu statistika shaxslarning frontga ixtiyoriy ravishda, aldov yoki taziq ostida kelib qolganini to‘liq ajratib berolmaydi.







