Turkiyada firibgarlikda ayblanib xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ushlanib, sud organlariga topshirildi

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, ushlab berish jarayoni belgilangan tartibda amalga oshirilgan.
Qo‘lga olingan fuqaro U.N. Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi, ya’ni ko‘p miqdordagi firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, rasman xalqaro qidiruvga berilgan edi. U javobgarlikdan yashirinish maqsadida Turkiya hududida tayanch topishga uringan.
Ayni paytda ushlanuvchi shaxs javobgarlikka tortish va tergov harakatlarini davom ettirish uchun O‘zbekistonning sud organlariga topshirilgan. Ikki davlat vakolatli idoralari xalqaro qidiruvdagi jinoyatchilarni aniqlash hamda ularning jazosiz qolishiga yo‘l qo‘ymaslik yo‘nalishidagi hamkorlikni davom ettirmoqda.







