O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi Karomiddin Gadoyev bir vaqtning o‘zida Bruneydagi elchi lavozimida ham ish boshladi

“Dunyo” axborot agentligi xabar beradiki, diplomat endilikda ikki mamlakatdagi elchilik vazifasini parallel ravishda olib boradi.
Tantanali marosim yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildi. Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, madaniy, ta’lim hamda turizm sohalaridagi aloqalarni bosqichma-bosqich kengaytirish va yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Ma’lumot uchun, Karomiddin Gadoyev 2023-yilning noyabr oyidan buyon Malayziyadagi diplomatiya missiyasini boshqarib kelmoqda.
Uning Bruneydagi elchi sifatidagi rasmiy qarorgohi ham Kuala-Lumpur shahrida joylashadi, sababi elchixona konsullik okrugiga Bruney Darussalom hududi ham kiritilgan.









