O‘zbekistonga 9 oyda kelgan xorijiy turistlar soni ilk bor 10 millionlik dovondan oshdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,7 million nafarga yoki 20,4 foizga ko‘paygan.
Mamlakatga tashrif buyurgan sayyohlarning eng katta qismi qo‘shni davlatlar hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Xususan, eng ko‘p turist Qirg‘izistondan kelgan bo‘lib, ularning soni 2,8 million nafardan oshgan. Keyingi o‘rinlarni 2,4 million ko‘rsatkich bilan Qozog‘iston hamda 2,2 milliondan ziyod sayyoh bilan Tojikiston egalladi.
Shuningdek, uzoq va yaqin xorij mamlakatlaridan ham turistlar oqimi sezilarli darajada oshgani kuzatildi. Rossiyadan qariyb 983 ming, Afg‘onistondan 380 mingdan ortiq va Xitoydan 373 mingdan ziyod fuqaro sayohat maqsadida kelgan.
Bundan tashqari, ushbu davr oralig‘ida Turkmanistondan 256 bin, Turkiyadan 148 ming, Hindistondan 53 ming hamda Germaniyadan 42 mingdan ortiq sayyoh tashrif buyurgani hisobga olindi.







