Özbekistondagi jazoni ijro etiş muassasalarida mahkuma ayollarning farzandlari uçun keça-yu kunduz işlovçi maxsus boğçalar oçiladi

Hujjatda belgilanganidek, 2026-yil 1-dekabrdan boşlab Içki işlar vazirligi tizimidagi 21-son jazoni ijro etiş koloniyasi qoşidagi Bolalar uyi negizida hamda 42-son manzil-koloniyada “Ona va bola markazi” nomli maxsus davlat boğçalari iş boşlaydi.
Mazkur markazlarda uç yoşgaça bölgan bolalar uçun köpi bilan beş nafargaça tarbiyalanuvçini öz içiga oladigan, keça-yu kunduz faoliyat yurituvçi guruhlar taşkil etiladi.
Uşbu maskanlarda bolalarning yaşaşi, öz yoşiga mos ravişda rivojlanişi hamda tarbiyalanişi uçun zarur muhit şakllantiriladi. Tarbiyalanuvçilarni oziq-ovqat, kiyim-keçak, poyabzal va yumşoq anjomlar bilan ta’minlaş mas’uliyati Bolalar uylari uçun örnatilgan amaldagi me’yorlar asosida 21-son koloniya va 42-son manzil-koloniya zimmasiga yuklatildi.
Şuningdek, Soğliqni saqlaş vazirligi mazkur markazlardagi bolalarning öz vaqtida emlanişi va muntazam tibbiy köriklardan ötkazilişini nazoratga oladi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi esa har çorakda uşbu muassasalarda ona va bola uçun yaratilgan şaroitlar holati böyiça doimiy monitoring olib boradi.
- #jazoni ijro etiş
- #mahkuma
- #boğçalar









