Özbekistonda şahar va tuman markazlarining kamida 30 foizi yaşil hududga aylantiriladi

Hujjatda qayd etilişiça, 2030-yilga qadar respublikaning barça tuman va şahar markazlarida yaşillik darajasini kamida 30 foizga yetkaziş ustuvor vazifa etib qöyilgan.
Uşbu çora-tadbirlar şahar muhitini soğlomlaştiriş, ekologik muvozanatni tiklaş va yaşil maydonlar uluşini keskin oşirişga qaratilgan.
Farmon bilan ijtimoiy obyektlar va aholi yaşaş massivlaridagi daraxtzorlarni saqlab qolişga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, davlat maktablari, şifoxonalar hamda köp kvartirali uylar atrofidagi yaşil hududlarga jamiyatning daxlsiz boyligi maqomini beriş va ularni har qanday noqonuniy kesiş yoki qurilişlardan himoya qiliş közda tutilgan.
Mazkur mexanizmlarni amaliyotga joriy etiş va qonunçilik bazasini şakllantiriş maqsadida mas’ul idoralarga 2027-yil 20-yanvarga qadar tegişli qonun loyihasini işlab çiqiş topşirildi. Ayni bosqiçda uşbu yaşil hududlarni daxlsiz boylik sifatida mustahkamlaş böyiça huquqiy hujjat loyihasini tayyorlaş jarayonlari boşlanmoqda.
- #yaşil hudud
- #loyiha
- #qaror







