O‘zbekistonda takomillashtirilgan lotin alifbosi haqidagi qonun rasman imzolandi

U ushbu voqeani uzoq yillik tarixiy xatoni tuzatish va til ravnaqi yolida qo‘yilgan muhim qadam sifatida baholadi.
Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, alifboni isloh qilish bo‘yicha tashabbus 2023-yilning dekabr oyida o‘tkazilgan jadidlar merosiga bag‘ishlangan konferensiyada ilgari surilgan edi. Yozuvdagi noqulayliklarga barham berish hamda o‘zbek tilining raqamli makondagi o‘rnini mustahkamlash zaruriyati ushbu o‘zgarishlarning asosiy sababi bo‘lib xizmat qildi.
Alifbodagi yangilanishlar sababli ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Amaldagi har bir hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qog‘ozlar o‘z kuchida qoladi, darsliklar, peshlavhalar hamda ko‘rsatkichlar esa yaroqlilik muddati tugashiga qarab bosqichma-bosqich almashtirib boriladi.
Ushbu muhim hujjatning 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kunida qabul qilinishi alohida ramziy ma’noga ega. Yangilangan alifbo yoshlar savodxonligini oshirish va til mavqeini yuksaltirishga xizmat qilishi kutilmoqda.







