O‘zbekistonda nikohlar va tug‘ilishlar soni oxirgi yillarda keskin va surunkali pasaymoqda

Xususan, 2026-yilning yanvar-iyun oylarida atigi 92,3 mingta nikoh qayd etilgan bo‘lib, bu bir necha yildan buyon davom etayotgan pasayish tendensiyasining mantiqiy davomidir.
Mamlakatda nikohlar ko‘rsatkichi 2018-yilda rekord darajaga – 311,4 mingtaga yetgan, keyinroq 2021-yilda ham 305,2 mingta darajasida saqlangan edi. Biroq shundan so‘ng surunkali pasayish bosqichi boshlandi: nikohlar soni 2022-yilda 296,7 mingtaga, 2023-yilda 283,8 mingtaga, 2024-yilda 271,8 mingtaga hamda 2025-yilda 267,1 mingtaga tushdi. Taqqoslash uchun, mustaqillik yillaridagi eng kam ko‘rsatkichlar 1995-2000-yillarda kuzatilib, yiliga taxminan 168-170 ming atrofida qayd etilgan.
Oila qurishlar soni qisqarishi bilan birga tug‘ilish dinamikasida ham aniq pasayish ko‘zga tashlanmoqda. 2025-yilda 879,6 ming nafar chaqaloq dunyoga kelgan bo‘lib, bu oldingi yilga nisbatan 46,8 ming taga yoki 5 foizga kamroqdir.
Salbiy dinamika 2026-yilda ham saqlanib qolmoqda: joriy yilning birinchi choragida atigi 191,1 ming nafar chaqaloq tug‘ilgani qayd etildi. Ushbu ko‘rsatkich so‘nggi besh yillikning mos davrlari (2024-yilda 205,7 ming va 2025-yilda 198,1 ming) orasida eng past natija hisoblanadi.









