Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#Jamiyat

“Odamlar kunduzi yurishga qo‘rqar edi”. Qichqiriq mahallasi hozir qanday ko‘rinishda? Fotoreportaj

21-sen, 12:42
“Odamlar kunduzi yurishga qo‘rqar edi”. Qichqiriq mahallasi hozir qanday ko‘rinishda? Fotoreportaj

Bir paytlar odamlar hatto kunduzi yurishga cho‘chigan Qichqiriq kanali atrofi bugun sayr va dam olish hududiga aylangan. Kanal bo‘yida eko-sayilgoh, piyodalar yo‘laklari, bolalar maydonchalari va dam olish maskanlari barpo etilgan. Kechga yaqin esa bu yer mahalla aholisi bilan gavjumlashadi.

“Oldinlari mana shu Qichqiriq kanali atrofi xilvat, qo‘rqinchli tusda bo‘lgan. Odamlar kunduzi yurishga qo‘rqadigan holatda edi. Hozir esa 24/7 dam olish maskaniga aylantirildi. Bu ko‘chadan o‘tgan odamning havasi keladi. Atrofdagi beshta mahalla aholisi shu sayilgohdan foydalanadi. Bolalar maydonchasi barpo etildi, buk-kafe ochildi”, — deydi “Qichqiriq” MFY raisi Baxtiyor Yunusov.

“Odamlar kunduzi yurishga qo‘rqar edi”. Qichqiriq mahallasi hozir qanday ko‘rinishda? Fotoreportaj

Hududdagi o‘zgarishlar 2024-yil 25-iyundagi mahallalarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va qiyofasini yaxshilashga oid prezident qarori asosida amalga oshirilgan. Qichqiriq kanalining 2,4 kilometrlik qismi bo‘ylab zamonaviy eko-sayilgoh tashkil etilib, mahallani obodonlashtirish va rekonstruksiya qilish uchun Toshkent shahar mahalliy budjetidan 71,4 mlrd so‘m yo‘naltirilgan.

“Odamlar kunduzi yurishga qo‘rqar edi”. Qichqiriq mahallasi hozir qanday ko‘rinishda? Fotoreportaj
“Odamlar kunduzi yurishga qo‘rqar edi”. Qichqiriq mahallasi hozir qanday ko‘rinishda? Fotoreportaj
“Odamlar kunduzi yurishga qo‘rqar edi”. Qichqiriq mahallasi hozir qanday ko‘rinishda? Fotoreportaj

Kanal bo‘yida jami 12,4 kilometr piyodalar yo‘lagi qurilgan, yana 10,6 ming kvadrat metrdan ortiq yashil maydon yaratilgan. Suv ustida 400 kvadrat metrlik ayvon, oltita suv charxpalagi va ikkita favvora qurilgan. Hududga 100 ta o‘rindiq va shuncha yoritish moslamasi, shuningdek, 84 ta kuzatuv kamerasi o‘rnatilgan.

“Odamlar kunduzi yurishga qo‘rqar edi”. Qichqiriq mahallasi hozir qanday ko‘rinishda? Fotoreportaj
“Odamlar kunduzi yurishga qo‘rqar edi”. Qichqiriq mahallasi hozir qanday ko‘rinishda? Fotoreportaj
“Odamlar kunduzi yurishga qo‘rqar edi”. Qichqiriq mahallasi hozir qanday ko‘rinishda? Fotoreportaj

Sayilgoh faqat sayr qilish uchun mo‘ljallanmagan. Bu yerda amfiteatr, “Otalar choyxonasi”, sakkizta vorkout zonasi, beshta bolalar maydonchasi va ministadion ham tashkil etilgan.

“Odamlar kunduzi yurishga qo‘rqar edi”. Qichqiriq mahallasi hozir qanday ko‘rinishda? Fotoreportaj

Tashlandiq joydan yaratilgan bog‘

Qichqiriq mahallasida 64 yoshli Gulnora G‘oipova yaratgan bog‘ ham bor. U 2017-yildan buyon avval qarovsiz bo‘lgan hududda daraxt ekib, bog‘ yaratish bilan shug‘ullanadi. Gulnora opaning aytishicha, shu vaqtgacha bu yerga 500 dan ortiq daraxt ekkan.

“Odamlar kunduzi yurishga qo‘rqar edi”. Qichqiriq mahallasi hozir qanday ko‘rinishda? Fotoreportaj

“Turmush o‘rtog‘im ko‘ylak olib bermoqchi bo‘lsa, yo‘q deyman. Menga umrim nimaga o‘tayotganining mazmunini bildirib turuvchi daraxt kerak, deyman. Tepasida qush o‘tiradi, soyasida inson o‘tiradi. Yoki biron ehtiyoji bor odam bitta olma, bitta o‘rik yoki boshqa mevani yeb ketsa ham, o‘ntadan bittasi duo qiladi”, — deydi u.

“Odamlar kunduzi yurishga qo‘rqar edi”. Qichqiriq mahallasi hozir qanday ko‘rinishda? Fotoreportaj
“Odamlar kunduzi yurishga qo‘rqar edi”. Qichqiriq mahallasi hozir qanday ko‘rinishda? Fotoreportaj
“Odamlar kunduzi yurishga qo‘rqar edi”. Qichqiriq mahallasi hozir qanday ko‘rinishda? Fotoreportaj

Bog‘ yaratish Gulnora opaning yagona mashg‘uloti emas. Yoshi 60 ga yetganda u kulolchilikni ham o‘rgana boshlagan.

“Bir orzuyimga yetib kelganimdan keyin yana qiziqishim ortaveradi. 60 yoshimda kulolchilikni asta-sekin boshladim. Muvaffaqiyatsiz kunlar ham bo‘ldi. ‘Nega o‘xshamayapti?’ deb jahl bilan tashlab ketib, yana ishimga qaytib kelgan kunlarim ham bo‘lgan. Vaqt o‘tgani sayin qo‘lim o‘rganib, eplashni boshladim. Hozir chetdan qarasam, bitta ham qolipim yo‘q ekan. O‘zim dizayner, o‘zim svarkachi, o‘zim kulol, o‘zim bo‘yovchi, o‘zim xaridor topuvchiman. Qishda bekor qolmaslik uchun to‘quvchilik bilan shug‘ullanaman”, — deydi Gulnora G‘oipova.

Hozir mahalla ko‘magida u yaratgan bog‘ning o‘zida kulolchilik ustaxonasi tashkil etilgan. Bu yerda kulolchilik va to‘quvchilik to‘garaklari ham faoliyat yuritadi. Gulnora opa yoz oylarida bog‘da, sovuq kunlarda esa uch xonadan iborat ustaxonasida ishlaydi.

Gulsaroy ko‘chasi

Obodonlashtirish ishlari Qichqiriq kanali bilan cheklanmagan. Mahalladagi Gulsaroy ko‘chasining 1,6 kilometrlik qismida ham turistik va gastronomik hudud tashkil etilgan.

Ko‘chada 1,6 kilometr piyodalar yo‘lagi qurilib, 1 680 kvadrat metr hudud obodonlashtirilgan va ko‘kalamzorlashtirilgan. Sug‘orish tizimlari barpo etilib, 58 ta yoritish moslamasi, 46 ta o‘rindiq va chiqindi qutilari o‘rnatilgan. Bundan tashqari, 1,5 kilometr qo‘shimcha beton to‘siqlar o‘rnatilgan.

Loyiha doirasida Gulsaroy ko‘chasida 30 ta yangi tadbirkorlik subyekti tashkil etilib, 50 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

Hududdagi ko‘p qavatli uylar va ularning atrofini saqlash, ta’mirlash ishlari bilan “Olmazor kommunal baraka” boshqaruv servis kompaniyasi shug‘ullanadi.

“Tumandagi ta’mirtalab joylarga qaraymiz. Ko‘chalarning obodligi va tozaligiga javob beramiz. Tomlarni yopish, podyezdlarni ta’mirlash ishlarini ham olib boramiz”, — deydi kompaniya rahbari Gulchehra G‘oipova.

“Kechki soat oltidan keyin ko‘chamiz odamga to‘ladi”

Gulsaroy ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylarning birida Marhamat aya Haydarova 50 yildan beri yashaydi. U mahalladagi o‘zgarishlarni, avvalo, odamlarning kundalik hayotida sezayotganini aytadi.

“Odamlar kunduzi yurishga qo‘rqar edi”. Qichqiriq mahallasi hozir qanday ko‘rinishda? Fotoreportaj

“Mahallamiz oldingidan ancha chiroyli bo‘lib qoldi. Ilgari bolalarimizni, nevaralarimizni uzoqqa aylantirgani olib borolmas edik. Hozir esa kechki soat oltidan keyin ko‘chamiz sayrga chiqqan odamlar bilan to‘lib ketadi. Atrofimiz ko‘m-ko‘k, salqin”, — deydi u.

“Odamlar kunduzi yurishga qo‘rqar edi”. Qichqiriq mahallasi hozir qanday ko‘rinishda? Fotoreportaj

Bir paytlar odamlar yurishga cho‘chigan kanal bo‘yi endi mahalla aholisi uchun kundalik sayr yo‘liga aylangan. Bolalar maydonchalarida bolalar o‘ynaydi, kattalar suv bo‘yida hordiq chiqaradi, kechga borib esa piyodalar yo‘laklarida odamlar ko‘payadi. Qichqiriqdagi o‘zgarishlarni mahallada uzoq yillardan beri yashayotganlar ko‘chaga qaytgani bilan izohlaydi.

  • #Qichqiriq
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Telegram kanalimizga obuna boʻling

Shuningdek oʻqing

#Iqtisodiyot

Özbekistonda tarixdagi eng yuqori paxta hosili yiğib olindi

5-noy, 17:47
#Jamiyat

Sirdaryoda onkologik kasalliklar 2 baravarga oşdi

5-noy, 17:41
#Sport

Kriştianu Ronaldu 23 yillik faoliyatdan söng Portugaliya terma jamoasi bilan xayrlaşmoqda

5-noy, 17:33
#Jamiyat

Toşkentda 2 ta sun’iy köl qurilyapti

5-noy, 17:29
#Iqtisodiyot

Şveysariya Alişer Usmonovdan sanksiyalarni olib taşladi

5-noy, 15:55
#Dunyo

Rossiya Turkiy davlatlar taşkilotida kuzatuvçi maqomini olişi mumkinmi?

5-noy, 15:19

Kun tanlovi

#Jamiyat

Sirdaryoda onkologik kasalliklar 2 baravarga oşdi

Sirdaryo viloyatida birinçi marta aniqlangan onkologik kasalliklar soni sönggi yillarda keskin köpaygani ortidan hududiy deputatlar Kengaşi soğliqni saqlaş boşqarmasi rahbarining hisobotini yetarli emas deb baholadi.

5-noy, 17:41
#Jamiyat

Toşkentda 2 ta sun’iy köl qurilyapti

5-noy, 17:29
#Jamiyat

Toşkentda 23 nafar xorijlik fuqaro taşkil etgan call-markaz foş etildi

4-noy, 16:35

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#Iqtisodiyot

Özbekistonda tarixdagi eng yuqori paxta hosili yiğib olindi

5-noy, 17:47
#Jamiyat

Sirdaryoda onkologik kasalliklar 2 baravarga oşdi

5-noy, 17:41
#Sport

Kriştianu Ronaldu 23 yillik faoliyatdan söng Portugaliya terma jamoasi bilan xayrlaşmoqda

5-noy, 17:33
#Jamiyat

Toşkentda 2 ta sun’iy köl qurilyapti

5-noy, 17:29
#Iqtisodiyot

Şveysariya Alişer Usmonovdan sanksiyalarni olib taşladi

5-noy, 15:55
#Dunyo

Rossiya Turkiy davlatlar taşkilotida kuzatuvçi maqomini olişi mumkinmi?

5-noy, 15:19
Yana koʻrsatish