Erkinjon Turdimovga bir yo‘la uchta yangi o‘rinbosar tayinlandi

Mazkur tayinlovlar orqali vazirlik tizimiga xalqaro konsalting, ilmiy-metodik va xalqaro ta’lim sohalarida tajribaga ega mutaxassislar jalb qilindi.
Hujjatga ko‘ra, Oybek Behzodovich Yo‘ldoshev Ta’lim va ilm-fan vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. U ushbu lavozimga o‘tgunga qadar “PwC Uzbekistan” xalqaro konsalting kompaniyasida Davlat sektori, infratuzilma va ESG yo‘nalishlari bo‘yicha amaliyot direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Shuningdek, vazir o‘rinbosari lavozimlariga Mehriniso Doniyorovna Pardayeva hamda Sanjar Mahamatjan o‘g‘li Mirzaliyev munosib ko‘rildi.
Pardayeva bunga qadar Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida boshqarma boshlig‘i bo‘lib ishlagan bo‘lsa, Mirzaliyev Belarus–O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutining ijrochi direktori pozitsiyasida ishlab kelgan.









