Isitish mavsumi qachon boshlanishi ma’lum qilindi

Havo haroratining pasayib borishi ortidan aholi tomonidan kelib tushayotgan ko‘plab murojaatlar sababli shahar xizmatlari holatni nazoratga olganini ma’lum qildi.
Qoidalarga ko‘ra, isitish mavsumini boshlash uchun o‘rtacha sutkalik havo harorati ketma-ket besh kun davomida +8 darajadan past bo‘lishi talab etiladi. Biroq hokimlik amaldagi ob-havo sharoiti inobatga olinishini, havo keskin sovib ketgan taqdirda qaror qabul qilish ortga surilmasligini bildirdi.
Hozirda shahar tegishli xizmatlari va “Veolia Energy Tashkent” mutaxassislari hamkorligida tizimlarni mavsumga shay keltirish ishlari yakunlanmoqda. Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati issiqlik uzatishning aniq sanasi haqida qo‘shimcha axborot berilishini ta’kidladi.







